10.00.00

KIRISH SO‘ZLAR MATN DERIVATSIYASIDA LEKSIK VOSITA SIFATIDA

Sh.N. Turniyazova
Nashr: №108
20.01.2023
733 marta o'qildi
481 ta yuklash
10 bet

Annotatsiya

Mazkur maqolada matn komponentlarining sintaktik munosabatini shakllantiruvchi vositalardan kirish so‘z va birikmalar xususida fikr yuritilgan. Jumladan, kirish so‘z va birikmalarning nafaqat semantik, balki sintaktik vazifa ham bajarishi, ular mavqei jihatidan bog‘lovchilarga yaqin turishi to‘g‘risida ayib o‘tilgan. Kirish so‘z va birikmalarning sintaktik faolligi, ayniqsa, matn shakllanishi jarayonida yanada salmoqliroq tus olishi, zotan, bunda ular muayyan bir gap doirasida emas, balki gaplararo hududda sintaktik faollik ko‘rsatishi va aksariyat hollarda jumlaning boshlanish qismida kelishi dalillangan.

Kalit so'zlar:

derivatsiya makromatn mikromatn leksik vositalar kirish so‘zlar sintaktik tahlil nutq lingvistikasi.