13.00.00 - Pedagogika fanlari

MA’NAVIY TARBIYADA YANGI STRATEGIK TEXNOLOGIYALARNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

E.Husanov
Nashr: №4
10.10.2026
217 marta o'qildi
0 ta yuklash

Annotatsiya

Maqolada zamonaviy sharoitda ma’naviy tarbiyani takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish hamda yoshlarda mustahkam ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning yangi strategik texnologiyalari tahlil qilingan. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga uyg‘unlashtirish, globallashuv va axborotlashuv sharoitida yoshlarning mafkuraviy immuniteti va media madaniyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, inson kapitalini shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uzviyligi, uzluksiz ma’naviy tarbiya tamoyillari, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil etilgan. Maqolada ma’naviy-ma’rifiy bo‘limlar faoliyatini modernizatsiya qilish, tarbiya jarayonini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, talabalarda vatanparvarlik, mas’uliyat, tashabbuskorlik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash va mehnatsevarlik kabi tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan yondashuvlar asoslangan.

Kalit so'zlar:

ma’naviy tarbiya ma’naviy-axloqiy tarbiya strategik texnologiyalar tarbiya texnologiyalari oliy ta’lim talaba-yoshlar inson kapitali uzluksiz ma’naviy tarbiya milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar mafkuraviy immunitet media madaniyat innovatsion texnologiyalar pedagogik texnologiyalar ma’naviy-ma’rifiy faoliyat tarbiya kompetensiyalari