ZAMONAVIY GERMANIYA ILMIY-MADANIY RIVOJLANISHINING ASOSIY KO‘RSATGICHLARI
Annotatsiya
Maqolada Germaniyaning innovatsion siyosati, ilmiy-tadqiqot tizimi va madaniy hayoti tahlil qilinadi. Xususan, Germaniyada innovatsion rivojlanishning “uchlik spiral” modeli asosida davlat, universitetlar va kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik, dual ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati va innovatsiyalarga ajratilayotgan mablag‘lar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, Germaniyaning “Yuqori texnologiyalar strategiyasi”, “Kelajak strategiyasi” kabi dasturlari, Fraunhofer, Helmholtz, Leybnits va Maks Plank kabi yirik tadqiqot institutlari, shuningdek, Covid-19 vaksinasini ishlab chiqish kabi muvaffaqiyatli loyihalar yoritilgan. Germaniya madaniy suverenitetining federalistik tamoyillari, federal yerlar va munitsipalitetlarning madaniyatni moliyalashtirishdagi roli, qayta birlashuvdan keyingi madaniy o‘zgarishlar, adabiyot, kino, teatr va musiqa sohalaridagi rivojlanish tendensiyalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, muhojirlarning Germaniya madaniyatiga ta’siri, xususan, Berlin misolida gastronomik bag‘rikenglik, madaniyatlarning o‘zaro aralashuvi va “madaniyatlarning gastronomik muloqoti” kabi masalalar tahlil qilinadi.