22.00.00 - Sotsiologiya fanlari

YOSHLAR IJTIMOIY-DEMOGRAFIK QATLAM SIFATIDA: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

A. Yunusov
Nashr: №4
10.10.2026
229 marta o'qildi
0 ta yuklash

Annotatsiya

Maqolada yoshlar jamiyatning alohida ijtimoiy-demografik qatlami sifatida nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Yoshlarning biologik va ijtimoiy chegaralari, yoshlarning ijtimoiy mobilligi, urbanizatsiya va migratsiya jarayonlaridagi ishtiroki, ta’limdan mehnat bozoriga o‘tish traektoriyalari hamda yoshlar tarkibining ichki differensiatsiyasi yoritilgan. Xalqaro tashkilotlar va turli mintaqalarda yosh chegaralarini belgilashdagi farqlar O‘zbekistondagi huquqiy yondashuv bilan qiyoslanadi. Shuningdek, O‘zbekiston aholisi tarkibida yoshlarning yuqori ulushi demografik dividend nuqtayi nazaridan baholanib, ushbu imkoniyatning ta’lim, bandlik, mehnat unumdorligi va ijtimoiy mobillik institutlari samaradorligiga bog‘liqligi asoslanadi. Yoshlarning shahar va qishloq hududlarida joylashuvi, raqamlashtirish ta’siri, migratsion faollik va ijtimoiy resurslardan foydalanishdagi tafovutlar ham tahlil qilingan. Yakunda yoshlarning institutsionallashuvini huquqiy e’tirof, maxsus institut va mexanizmlarning shakllanishi hamda yoshlarning ijtimoiy munosabatlarda mustaqil subyekt sifatida ishtirok etishi orqali tushuntiruvchi yondashuv ilgari suriladi.

Kalit so'zlar:

yoshlar ijtimoiy-demografik qatlam yosh chegaralari demografik dividend ijtimoiy mobillik urbanizatsiya migratsiya hayotiy traektoriya ijtimoiy kapital raqamlashtirish institutsionallashuv O‘zbekiston