13.00.00 - Pedagogika fanlari

KOMILLIK METODOLOGIYASI: SO‘FI OLLOYOR TA’LIMOTI — JAMIYATNING MA’NAVIY-AXLOQIY TIZIMINI SHAKLLANTIRUVCHI ILMIY POYDEVOR

J.Nosirov
Nashr: №4
10.10.2026
211 marta o'qildi
0 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur maqolada XVII asrning yirik mutafakkiri, tasavvuf ilmining taniqli namoyandasi So‘fi Olloyorning ma’naviy-axloqiy qarashlari va komil insonni shakllantirishga qaratilgan ta’limoti tahlil qilingan. Uning «Maslak ul-muttaqin», «Sabot ul-ojizin», «Murod ul-orifin» va «Maxzan ul-mute’in» asarlarida ilgari surilgan iymon-e’tiqod, nafsni jilovlash, qalb pokligi, ilm-ma’rifat, halollik, sabr, tavakkal, adolat va insonparvarlik g‘oyalarining mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, mutafakkir qarashlarida shariat, tasavvuf va axloqiy tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligi hamda insonning «nogislik»dan «komillik» sari ma’naviy yuksalish jarayoni yoritilgan. Maqolada So‘fi Olloyor merosining jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitini shakllantirish, yosh avlodni ma’naviy tahdidlardan asrash va inson qadrini yuksaltirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar:

So‘fi Olloyor komil inson komillik metodologiyasi tasavvuf ma’naviy-axloqiy tarbiya nafs qalb pokligi iymon-e’tiqod ilm-ma’rifat shariat axloq adolat insonparvarlik «Sabot ul-ojizin» «Maslak ul-muttaqin» «Murod ul-orifin» «Maxzan ul-mute’in»