AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA TALABALARNING TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH: MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH TAJRIBASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida kredit-modul yondashuvining kengayishi, raqamli ta’lim muhitining shakllanishi hamda talabalar mustaqil ta’limini samarali tashkil etish zarurati zamonaviy pedagogikaning ustuvor yо‘nalishlaridan biri sifatida qaraldi.Talabalar mustaqil ishlarining reproduktiv, rekonstruktiv va ijodiy darajalari tadqiqotchilik kompetensiyalari bilan о‘zaro bog‘liqda tahlil qilinib, raqamli platformalar, onlayn simulyatsiyalar, multimediali resurslar, keys-tahlil va loyihaviy yondashuv asosida topshiriqlar ishlab chiqish modeli taklif etildi hamda talabalarning vaqt resursi, motivatsiyasi, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash madaniyati va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini hisobga olgan holda topshiriqlarni individuallashtirishning ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tashkil etilgan mustaqil ta’lim jarayoni talabalarning analitik fikrlash, muammoni ilmiy asosda qо‘ya olish, axborotni saralash va qayta ishlash, natijalarni taqdim etish hamda innovatsion yondashuvlarni qо‘llash kompetensiyalarini sezilarli darajada rivojlantirishini kо‘rsatdi. Shuningdek, mustaqil ishlarni baholash mezonlarini takomillashtirish, akademik halollikni ta’minlash, talabalarning ijodiy faolligini qо‘llab-quvvatlash va raqamli ta’lim muhitida tadqiqotga yо‘naltirilgan ta’lim modelini joriy etish bо‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.