03.00.00 - Biologiya fanlari

KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY NAVLARINING MAKROELEMENT MIQDORINI RENTGEN-FLUORESSENT USULIDA ANIQLASH

Xamrayev N. U., Yo‘ldasheva Sh. X.
Nashr: №2
10.06.2026
309 marta o'qildi
196 ta yuklash

Annotatsiya

Ushbu maqolada bug‘doy namunalari doni tarkibidagi makroelementlar miqdori Rigaku ZSX Primus III NEXT to‘lqin uzunlik-dispersiyali rentgen-fluoressent spektrometri yordamida aniqlangan va tahlil qilingan. Makroelementlar miqdori tahliliga ko‘ra Durdona navi doni tarkibida P, S, K va Ca kabi makroelementlarga boy ekanligi ma’lum bo‘lgan. Brigada, Jiva va Aziz navlarida S, K va Ca makroelementlari, MV-Nemere navida P, S va K makroelementlarga boy bo‘lganligi, Andijon-2 navida K va Ca makroelementlari, Andijon-4 navida S va K makroelementlari, Zimnitsa, Gomer, Bobur va Step navlarida esa K makroelementi boshqa navlarga nisbatan yuqori ekanligi va Kroshka, Drujba, Grom, Karavan, Ravnaq, Vassa, ASR va Ultra navlarida Mg va P makroelementlari miqdori boshqa navlarga qaraganda ko‘p miqdorda ekanligi kuzatilgan. Makroelementlarga boy bo‘lgan bug‘doy navlarini ota-ona formalari sifatida olib, seleksiya ishlariga jalb qilingan va hozirgi kunga kelib F2 duragaylari olingan.

Kalit so'zlar:

Bug‘doy navlari don tarkibi makroelementlar miqdori rentgen-fluoressent spektrometriya uslubi.