03.00.00 - Biologiya fanlari
POLIGENOMLI DURAGAYLARNING F1 VA F2 AVLODLARDA TOLA UZUNLIGI BELGISINING BIOLOGIK VA GENETIK XUSUSIYATLARI
Gapparov B. M.
Nashr: №2
10.06.2026
364 marta o'qildi
238 ta yuklash
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotlarda ikki va uch genomli turlarning duragaylashdagi qiyinchiliklarini bartaraf etish maqsadida diploid turlardan kolxitsin moddasi ta’sir ettirilib avtopoliploidlar olingan. Keyin ular tetraploid turlar va madaniy navlar bilan chatishtirilib, murakkab duragay kombinatsiyalar shakllantirilgan. F1 duragaylarda tola uzunligi xossasi asosan ijobiy va qisman salbiy dominantlik ko‘rinishida meros bo‘lgan. F2 avlodlarda transgressiv o‘zgaruvchanlik keng emas, ammo tola uzunligi 32,1–33,0 mm, tola chiqimi 40,1–42,0%, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,1–7,0 g bo‘lgan qimmatli rekombinantlar aniqlangan.
Kalit so'zlar:
diploid tur
tetraploid tur
avtopoliploid
kolxitsin
tola uzunligi
irsiylanish koeffitsiyenti
dominantlik
rekombinant.