13.00.00 - Pedagogika fanlari

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA O‘QUVCHILARDA MEDIASAVODXONLIK KO‘NIKMALARINI INTERFAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Z.A.Temirova
Nashr: №2
09.06.2026
240 marta o'qildi
211 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot raqamli ta’lim muhitida o‘quvchilarda mediasavodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Zamonaviy axborot jamiyatida internet, ijtimoiy tarmoqlar va turli media platformalarning keng tarqalishi o‘quvchilarning axborot bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishni taqozo etadi. Mediasavodxonlik o‘quvchilarning media kontentni tahlil qilish, uning ishonchliligini baholash, manipulyativ axborotni aniqlash hamda raqamli axborot resurslaridan ongli foydalanish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli ta’lim jarayonida mediasavodxonlik kompetensiyasini shakllantirish zamonaviy pedagogikaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotda raqamli ta’lim muhitida o‘quvchilarning mediasavodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirishning interfaol pedagogik modeli ishlab chiqildi hamda uning samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali tahlil qilindi. Tadqiqot davomida muammoli ta’lim (Problem Based Learning), loyiha asosida o‘qitish (Project-based learning), “case-study”, bahs-munozara (debate) metodlari hamda raqamli o‘quv platformalari asosida tashkil etilgan interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanildi. Ushbu metodlar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, axborotni tahlil qilish hamda media manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.

Kalit so'zlar:

mediasavodxonlik raqamli ta’lim muhiti interfaol ta’lim texnologiyalari media tahlil tanqidiy fikrlash axborot kompetensiyasi raqamli pedagogika loyiha asosida o‘qitish media madaniyat.