10.00.00 - Filiologiya fanlari

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA NEOLOGIZMLARNING TASNIFI VA ULARNING TIL TIZIMIDAGI O‘RNI

N.B.Pardayeva
Nashr: №2
09.06.2026
253 marta o'qildi
235 ta yuklash

Annotatsiya

mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida neologizmlarning tasnifi, shakllanish omillari hamda ularning til tizimidagi o‘rni qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yangi so‘zlarning yuzaga kelishida globallashuv, internet texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar va zamonaviy kommunikatsiyaning ta’siri yoritilgan. Shuningdek, neologizmlarning struktur va semantik xususiyatlari, o‘zlashma birliklarning tilga moslashuvi hamda ularning kundalik nutqdagi qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Ingliz tilida neologizmlar asosan ichki til imkoniyatlari orqali hosil bo‘lsa, o‘zbek tilida ular ko‘proq xorijiy tillardan o‘zlashish asosida shakllanadi. Maqolada neologizmlarning til boyligini oshirishdagi ahamiyati va zamonaviy til taraqqiyotidagi o‘rni yuzasidan ilmiy xulosalar bayon etilgan

Kalit so'zlar:

neologizm ingliz tili o‘zbek tili leksik birliklar semantik o‘zgarish o‘zlashma so‘zlar internet tili globallashuv til taraqqiyoti yangi so‘zlar.