UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MODUYAR ARIFMETIKA TUSHUCHALARINI O‘RGATISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI TADQIQOT FAOLIYATI USULLARINI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya
Matematika o‘qitishda taqqoslamalar va ularning tadbiqlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish muammolarini hal qilish jarayonida yuqori darajadagi murakkablik, aniq algoritmning yoʻqligi, optimal yechim usulini tanlashda qiyinchilik hisobga olish kabi xususiyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiq. Bunday masalalarni muvaffaqiyatli yechish uchun oʻrganilgan qoida va teoremalarni qo‘llay olish, ulardan turli vaziyatlarda foydalanish, muammoli vaziyatni tahlil qilish va mumkin boʻlgan yechimlarni topish muhimdir. Masalani tahlil qilish mantigʻini tushunishdagi xatolar, kerakli asoslarni keltira olmaslik, tadbiqlarini qo‘llay olmaslik taqqoslamalarga doir masalalarni yechish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan asosiy muammolar hisoblanadi. Maqolada taqqoslamalar va ularning tadbiqlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda fikrlash faoliyatlarini faollashtirish metodikasining ayrim jihatlari bayon qilingan.