10.00.00 - Filiologiya fanlari

SO‘Z TARTIBI VA SINTAKTIK BOG‘LANISHLARNING QIYOSIY MODELI: SVO VA SOV TIZIMI (FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Z.R.Eshmurodova
Nashr: №2
09.06.2026
237 marta o'qildi
206 ta yuklash

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek va fransuz tillari so‘z tartibi va sintaktik bog‘lanishlarining qiyosiy modeli tahlil qilinadi. O‘zbek tilining SOV va fransuz tilining SVO tizimi universal grammatika va kontrastiv lingvistika nazariyalari doirasida o‘rganildi. Tadqiqot so‘z tartibiga ta’sir etuvchi parametrlar – head-directionality, pro-drop, kelishik tizimi va determinatsiya – orqali chuqur o‘rganilishi borasida so‘z boradi.

Kalit so'zlar:

so‘z tartibi SOV SVO sintaktik bog‘lanish kontrastiv lingvistika universal grammatika parametrik tahlil pro-drop kelishik tizimi determinatsiya til tipologiyasi tarjimashunoslik.