07.00.00 - Tarix fanlari

SAMKOMSTARISNING SAMARQANDDAGI ARXEOLOGIK TADQIQOTLARI VA MUZEY FONDLARI SHAKLLANISHIGA QO‘SHGAN HISSASI

Yunusov Maxmudxon Asatullayevich
Nashr: №2
18.04.2026
294 marta o'qildi
214 ta yuklash

Annotatsiya

Ushbu maqolada 1920–1930-yillarda Samarqandda faoliyat yuritgan Muzeylar ishi, qadimiy yodgorliklar, san’at va tabiatni muhofaza qilish Samarqand bo‘limi — Samkomstarisning arxeologik tadqiqotlar olib borish va muzey fondlarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlar, nashr etilgan materiallar hamda muzey kolleksiyalariga oid ma’lumotlar asosida tashkilotning tarixiy-madaniy merosni aniqlash, o‘rganish, qayd etish va saqlash bilan bog‘liq faoliyati yoritilgan. Maqolada Shohizinda ansambli, Qusam ibn Abbos maqbarasi, Childuxtaron maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek va Sherdor madrasalari, Amir Temur va Bibixonim maqbaralari, Afrosiyob, Navkatepa, Bekqo‘rg‘ontepa hamda Samarqand vohasining boshqa yodgorliklarida olib borilgan arxeologik kuzatuv va qazishmalar natijalari ko‘rib chiqilgan. Samkomstarisning faoliyati nafaqat obidalarni muhofaza qilish, balki topilmalarni yig‘ish, inventarlashtirish va muzey fondlariga topshirish jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etgani ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Muso Saidjonovning mazkur jarayondagi ilmiy va tashkiliy faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida Samkomstaris Samarqandda arxeologik izlanishlarni institutsionallashtirish, moddiy madaniy meros namunalarini muzey fondlari tarkibiga kiritish va ularni keyingi ilmiy tadqiqotlar uchun manba sifatida saqlashda muhim o‘rin tutgani xulosa qilinadi.

Kalit so'zlar:

Samkomstaris Samarqand arxeologik tadqiqotlar muzey fondlari madaniy merosni muhofaza qilish muzeylashtirish Muso Saidjonov Afrosiyob me’moriy yodgorliklar arxeologik kolleksiyalar.