03.00.00 - Biologiya fanlari

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIDAGI KIMYOVIY QO‘SHIMCHALARNING TOKSIKOLOGIK BAHOSI

Keldiyorova Sh.X., Oripov F.S.
Nashr: №1
27.03.2026
234 marta o'qildi
233 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur maqolada oziq-ovqat mahsulotlarida qo‘llaniladigan kimyoviy qo‘shimchalarning toksikologik xususiyatlari, ularning inson organizmiga ta’sir mexanizmlari hamda xavfsizlik baholash mezonlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Konservantlar, bo‘yoqlar, stabilizatorlar, shirinlashtiruvchilar va antioksidantlar kabi oziq-ovqat qo‘shimchalari asosiy kimyoviy xavf omillari sifatida ko‘rib chiqildi. Ularning metabolizm jarayonidagi o‘zgarishlari, bioakkumulyatsiya ehtimoli va toksik ta’sir darajasi ilmiy jihatdan baholandi. Shuningdek, maqolada oziq-ovqat mahsulotlarida qo‘llaniladigan sun’iy va tabiiy bo‘yoqlarning toksikologik xususiyatlari, metabolik ta’sir mexanizmlari hamda xavfsizlik baholash mezonlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Azo-bo‘yoqlar, sintetik rang beruvchi moddalar, metall kompleksli pigmentlar hamda tabiiy rang beruvchilarning biologik ta’siri solishtirma tahlil qilindi.Tadqiqot natijalari oziq-ovqat xavfsizligi tizimida kimyoviy qo‘shimchalarni nazorat qilishning ilmiy asoslangan mexanizmlarini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatdi.  

Kalit so'zlar:

oziq-ovqat qo‘shimchalari toksikologiya konservantlar oziq-ovqat xavfsizligi oziq-ovqat bo‘yoqlari azo-bo‘yoqlar ADI oziq-ovqat xavfsizligi.