03.00.00 - Biologiya fanlari

TURLI DEGIRADATSIYAGA UCHRGAN YARIM CHO‘L YAYLOVLARINING TUPROQ SHAROITINING O‘ZGARISHI (Qo‘shrabot yaylovlari misolida)

Valiyev Sh.A., Rajabov T. F., Fayzullayeva K., Nasirov M.G., Moʻminov M.A.
Nashr: №1
27.03.2026
224 marta o'qildi
213 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Qo‘shrabot yarim cho‘l yaylovlarida chorva mollari boqilish intensivligining tuproqning kimyoviy xususiyatlariga ta’siri baholandi. Tadqiqot degradatsiya darajasi (yuqori, o‘rta, past) bo’lgan yayalov maydonlarida olib borilib, tuproq namunalari 0–10, 10–20 va 20–40 sm qatlamlardan olindi. Laboratoriya sharoitida gumus, ammoniy va nitrat azoti, harakatchan fosfor (P₂O₅), almashinuvchan kaliy (K₂O), umumiy ishqoriylik (HCO₃⁻) hamda xlor (Cl⁻) ionlari miqdori aniqlanib, ularning degradatsion va vertikal o‘zgarishlari tahlil qilindi. Natijalar chorva bosimi ortishi bilan tuproqning organik modda va ozuqa elementlari kamayishini, kuchli degradatsiyalangan maydonlarda esa gumus va fosfor miqdorining pasayishi fonida HCO₃⁻ va Cl⁻ ionlarining ortishini ko‘rsatdi. Bu natijlardan tuproq unumdorligining pasayishi va degradatsiyasining ortib borayaotganligi kuzatilgan.  

Kalit so'zlar:

Tuproq unumdorligi degradatsiya chorva boqilishi gumus ozuqa elementlari sho‘rlanish.