BEDANALAR AYRIM QON KO‘RSATGICHLARIGA SUT ZARDOBI BILAN BOYITILGAN OZUQALARNING TAʼSIRI
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada “Beliy gigant” zotiga mansub broyler yo‘nalishidagi bedanalarni sut zardobi bilan boyitilgan ozuqalar bilan oziqlantirishning ularning ayrim qon ko‘rsatkichlari va umumiy fiziologik holatiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida ozuqa ratsioniga sut zardobi qo‘shilishi organizmda moddalar almashinuvi jarayonlarini faollashtirishi, to‘yimli moddalar hazmlanishini yaxshilashi hamda qonning morfofunktsional xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Sut zardobi bilan boyitilgan ozuqa ratsioni organizmning imunitet tizimini va stress omillariga moslashuvchanligini oshirishga ham xizmat qilgan. Umuman olganda, ushbu tadqiqot natijalari sut zardobi bedanalar uchun samarali biologik ozuqaviy qo‘shimcha ekanligini, u qon ko‘rsatkichlarini yaxshilash, fiziologik barqarorlikni ta’minlash hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini asoslab beradi.