03.00.00 - Biologiya fanlari

TOGʻ BIOTSENOZLARIDA OʻSUVCHI DOʻLANA (CRATAEGUS SPP.) OʻSIMLIGI NEMATODAFAUNASINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Xakimov N.X, Xo'jamov Sh
Nashr: №4
22.12.2025
633 marta o'qildi
206 ta yuklash

Annotatsiya

Ushbu maqolada 2023–2025-yillar davomida Gʻarbiy Zarafshon tizmasining Qoratepa togʻ massivi biotsenozlarida oʻsuvchi doʻlana nematodafaunasining bioekologik xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Tadqiqotlar davomida doʻlana faunasida 69 turdagi nematodalar aniqlanib, ular oziqlanish xususiyatlari va oʻsimlik bilan bogʻlanish xususiyatiga koʻra bakteriotrof, mikofag, yirtqich, politrof va parazit fitogelmintlar guruhlariga ajratildi. Nematodalar tarkibida bakteriotroflarning yuqori ulushi kuzatilib, bu holat biotsenozda mikrobiologik jarayonlarning faolligini koʻrsatadi. Ektoparazit nematodalar esa ayrim doʻlana oʻsimligi ildiz tizimida sezilarli darajada uchrashi bilan ajralib turadi. Olingan natijalar Qoratepa togʻ massivi biotsenozlarining trofik tuzilishini, nematodafaunaning oʻsimlik qoplamasi bilan oʻzaro bogʻliqligini hamda ekologik barqarorlikni ta'minlovchi omillarni aniqlashda muhim ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar:

Mikofag Bakteriotrof Yirtqich Politrof Ektoparazit Endoparazit Crataegus spp. Radopholus similis.