03.00.00 - Biologiya fanlari
O'ZBEKISTON SUV HAVZALARIDA IQLIMLASHTIRILGAN KARPSIMON BALIQLAR (CYPRINIFORMES)NING TARQALISHI, BIOLOGIYASI VA XO'JALIK AHAMIYATI
Quvvatov S.Q, Nasriddinova R.T
Nashr: №4
22.12.2025
609 marta o'qildi
219 ta yuklash
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston suv havzalarida iqlimlashtirilgan karpsimon baliqlar – oq amur (Ctenopharyngodon idella), oq doʻngpeshona (Hypophthalmichthys molitrix) va qora amur (Mylopharyngodon piceus) turlarining morfologik belgilar, biologik xususiyatlari, tarqalish areali hamda xoʻjalikdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada ularning sun’iy koʻpaytirish jarayonlari, suv harorati bilan bogʻliq omillar, oʻsish sur’atlari va ekologik roli haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu turlar Oʻzbekiston baliqchilik xoʻjaliklarida biomeliorator sifatida keng foydalanilmoqda. Ularning tabiiy va xoʻjalik sharoitida saqlanishi suv havzalarining ekologik barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi
Kalit so'zlar:
karpsimon baliqlar
oq amur
oq doʻngpeshona
qora amur
biomeliorator
sun’iy koʻpaytirish
baliqchilik
ekologik muvozanat.