AZOLLA CAROLINIANA WILLD O‘SIMLIGINING EKOLOGIK TALABLARI
Annotatsiya
Azolla caroliniana Willd. oʻsimligi odatda 15°C dan 30°C gacha boʻlgan haroratda yaxshi rivojlanadi. Suvning pH darajasi 5.5 dan 7.5 gacha boʻlgan oraliqda boʻlishi oʻsimlikning oʻsishiga ijobiy ta’sir qiladi. Suvning yuqori kislorod miqdori, yaxshi aeratsiya va zaruriy ozuqa moddalarining mavjudligi Azollaning rivojlanishiga yordam beradi. U oʻsimliklar uchun azotning asosiy manbai boʻlib, bu oʻsimliklarning mikrobiologik azot fiksyoni qobiliyati bilan bog‘liq. Azolla asosan 64 turli xil ozuqa va moddalarni oʻzida saqlaydi, ular ekotizimning boshqa oʻsimliklariga va hayvonlarga foydali boʻladi. Shu bilan birga, Azolla caroliniana Willd. oʻsimligi turli xil tabiiy muhitda, masalan, daryo, koʻl, bog‘lar yoki irigatsiya tizimlarida oʻsishi mumkin. Bu oʻsimlikni ekotizimga zarar yetkazmasdan rivojlantirish uchun, sharoitlar va ekologik talablarni yaxshi tushunish muhimdir.