POLIOKSIDLI KATALIZATORLAR SINTEZI VA UNING XARAKTERISTIKALARI
Annotatsiya
Ishda yengil uglevodorod (C1–C4) larning konversiyasi uchun cho’ktirish, “zol–gel” usullaridan foydalanib, katalizatorlar sintezi amalga oshirilgan. Sintez jarayonida qo’zg’almas faza sifatida mahalliy xom–ashyo bentonitdan olingan nanoo’lchamli, mezog’ovakli Al2O3 ishlatilgan. Olingan katalizatorlarning element tarkibi Ni, Zr, V, Cr, Al, O, Ti, Mg lardan, fazaviy tarkibi esa TiO2, MgO, NiO, Cr2O3, Al1,67O3, NiO, TiO2, Al2O3, Zr3NiO lardan iborat ekanligi aniqlandi. Shuningdek, katalizatorlarning sorbsion xarakteristikalari geksan va benzol bug’larining adsorbsiyasi orqali o’rganilgan. Olingan katalizatorlarning solishtirma sirt yuzasi 165–210 m2/g oraliqda, g’ovaklarning o’rtacha o’lchami 1,80–2,00 nm, g’ovaklarning solishtirma hajmi ham 0,71–0,87 sm3/g hamda monoqavat sig’imi (αm, mol/kg) 3,72 1,08 dan 2,48 2,18 gacha oraliqda ekanligi aniqlangan