07.00.00
RUS DAVLATCHILIGIDA NOTARIAL IDORALAR FAOLIYATINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Sh.B.Kholikulov
Nashr: №128
05.02.2023
Annotatsiya
Maqolada Rus davlatida notarial tizimning shakllanishi va rivojlanishining institutsional xususiyatlari tadqiq qilinadi. Tarixiy tahlil, tizimlashtirish usullaridan foydalangan holda Rossiyada qadim davrlardan XIX asr ikkinchi yarmida Notarial idoralar faoliyati borasida Nizom qabul qilinguniga qadar notarial tizim tarixi o‘rganiladi. Rossiya imperiyasi tasarrufida bo‘lgan ayrim hududlarda amal qilgan musulmon huquqi va notarial vazifalari o‘rtasidagi tafovutlar aniqlashtiriladi. Tadqiqot so‘ngida Rossiyada notarial idoralar faoliyatining kengaytirilishi imperator ma’muriyatining islohotchilik faoliyati va boshqaruv tizimini tartibga solish yo‘lidagi amaliy qadamlaridan biri ekanligi ko‘rsatib beriladi.
Kalit so'zlar:
: shajara
tamg‘a
veksel shartnomasi
birja notariuslari
maklerlar
shartnomalar
uyezd notariuslari
chaqiruv qog‘ozi
bosh notariuslar
kichik notariuslar.