01.00.00
KOBALT FERRIT ASOSIDAGI MAGNITLI SUYUQLIKNING MAGNITLANISHI
O.Q.Quvondiqov, Sh.J.Quvondiqov, X.A.Qayumov
Nashr: №119
20.01.2023
Annotatsiya
a Ushbu ishda kimyoviy kondensatsiya usulida kobalt ferrit kolloid zarrachalari sintez qilindi va bu asosida magnitli suyuqlik olindi. Rentgen tuzilish tahlili asosida zarrachalar kristall o‘lchamining o‘rtacha qiymati va panjara doimiysi aniqlandi. Kobalt ferrit zarrachalarining o‘lchami va morfologiyasi elektron mikroskopda tekshirildi. Zarrachalarning kimyoviy tarkibi energiya–dispers rentgen nurlari spektroskopiyasi usulida tekshirildi. Kobalt ferrit zarrachalari va suyuqlik solishtirma magnitlanishining magnit maydonga bog‘liqligi tebranishli magnetometrda o‘rganildi.
Kalit so'zlar:
magnitli suyuqlik
rentgen tuzilishli tahlil
elektron mikroskop
tebranishli magnetometr
induktiv g‘altak
to‘yinish magnitlanish
qoldiq magnitlanish
koersitiv kuch
solishtirma magnitlanish