01.00.00
VAUBAN ASTEROIDINING OPTIK KUZATUVLARI VA FAZA FUNKSIYASI TAHLILI
K.E. Ergashev1, R.I. Tojiyev1,2, B.Sh. Jurayev1,3, A.M. Shaymanov1, T.I. Boyqobilov1
Nashr: №133
20.01.2023
Annotatsiya
Ushbu maqolada (16447) Vauban asteroidining Maydanak observatoriyasida 2020-yilning 3-sentabridan 26-oktabriga qadar o‘tkazilgan kuzatuv ma’lumotlari qayta ishlanib, asteroidning yorqinlik va fazaviy egri chiziqlari o‘zgarishlarining fundamental va amaliy tahlillari keltirilgan. Tahlillar orqali ushbu asteroidning R yorug‘lik filtri bo‘yicha Absolyut yulduz kattaligi, faza funksiyasining H va G kattaliklar qiymatlari, faza integrali va faza egri chizig‘ining qiyalik xarakteristikalari aniqlangan.
Kalit so'zlar:
asteroid
ekspozitsiya vaqti
absolyut yulduz kattaligi
yorqinlik egri chiziqlari
faza egri chiziqlari
fotometriya
USNO
LANDOLT