07.00.00 - Tarix fanlari

TURKISTON O‘LKASIDA MAHALLIY TADBIRKORLAR QATLAMINING SHAKLLANISHI

Y.R.Tayronov
Nashr: №4
10.10.2026
210 marta o'qildi
0 ta yuklash

Annotatsiya

Ushbu maqolada Turkiston o‘lkasida mustamlaka sharoitida mahalliy savdogarlar faoliyati, ularning mintaqada sanoat korxonalarining barpo etib, o‘z mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilishi bayon etilgan. Shuningdek, o‘lka Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylanganidan keyin bu yerga asosan xom ashyo bazasi sifatida qaralgan. Imperiyaga turli millatlarga mansub tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan o‘z fuqarolarini mintaqada keng faoliyat olib borishiga imkon berib, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlagan va buning natijasida ular Turkiston o‘lkasining turli shaharlarida yirik zavod va fabrikalariga asos solgan. Buni ko‘rgan mahalliy millatga mansub ishbilarmonlar ham mintaqaning turli shaharlarida katta va kichik shu kabi zavod va fabrikalariga asos solib, katta daromad olishgani birlamchi manbalar asosida tahlil etilgan. Bu borada, ayniqsa, paxta tozalash korxonalari egalari bo‘lgan mahalliy millat savdogarlari faoliyati alohida o‘rganilgan.

Kalit so'zlar:

Turkiston savdogar zavod va fabrikalar tadbirkor sanoiyador bank mijoz filial mablag‘ karvonsaroy mahsulot boylik yarmarka