09.00.00 - Falsafa fanlari

POSTMODERNIZM DAVRIDA INDIVIDUALIZMNING KUCHAYISHI NATIJASIDAGI AXLOQIY MUNOSABATLAR DEFORMATSIYASINING OQIBATLARI

O.N.Toshpulatov
Nashr: №4
10.10.2026
204 marta o'qildi
0 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur maqolada postmodernizm sharoitida individualizmning kuchayishi va uning axloqiy munosabatlarga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Individuallik shaxsiy manfaat va subyektiv qarashlarning ustuvorligi natijasida an’anaviy axloqiy qadriyatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Shuningdek, axloqiy me’yorlarning relyativlashuvi va ijtimoiy birdamlikning zaiflashuviga sabab bo‘ladi. Postmodernistik davrda “yaxshilik”, “yomonlik”, “burch”, “mas’uliyat” va “adolat” kabi tushunchalarga munosabat individual holda bo‘ladi. Individuallashuvning chegaradan chiqishi axloqiy munosabatlarda begon alashuv, befarqlik, pragmatizm va ma’naviy relativizmning kuchayishiga olib kelishi maqolada asoslangan. Shu nuqtayi nazardan, bugungi jamiyatda individual manfaatlarni umuminsoniy axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish zarurati maqolada tadqiq qilingan.

Kalit so'zlar:

postmodernizm deformatsiya universalizm iste’molchilik jamiyati inflyatsiya relativizm individualizm globallashuv degradatsiya raqamli texnologiya konsyumerizm ekzistensializm neogumanizm