22.00.00 - Sotsiologiya fanlari

YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR QADRIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA MAHALLA INSTITUTLARINING ROLI

N.Umarova
Nashr: №4
10.10.2026
227 marta o'qildi
41 ta yuklash

Annotatsiya

Maqolada Yangi O‘zbekistonda yoshlar qadriyatlarini shakllantirishda oila va mahalla institutlarining o‘rni sotsiologik jihatdan tahlil qilinadi. Globallashuv, raqamli texnologiyalar va ijtimoiy munosabatlardagi o‘zgarishlarning yoshlar dunyoqarashi hamda qadriyatlar tizimiga ta’siri yoritiladi. Oila yoshlarning dastlabki ijtimoiylashuv muhiti, mahalla esa ularning jamoviy hayotga moslashuvi va ijtimoiy faolligini rivojlantiruvchi institut sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda oila va mahallaning tarbiyaviy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda jamoaviy funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur institutlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishdagi imkoniyatlari ochib beriladi. Tadqiqot ilmiy adabiyotlar, nazariy yondashuvlar va mavjud sotsiologik tadqiqotlar tahliliga asoslangan. Oila va mahalla hamkorligining yoshlarning ijtimoiy mas’uliyati, fuqarolik pozitsiyasi va milliy o‘zligini anglashiga ta’siri asoslanadi. Yoshlar bilan ishlashda zamonaviy va samarali ijtimoiy mexanizmlardan foydalanish zarurligi ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida oila va mahalla yoshlar qadriyatlarini shakllantirishda o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi ijtimoiy institutlar ekanligi ta’kidlanadi.

Kalit so'zlar:

Yangi O‘zbekiston yoshlar qadriyatlar oila mahalla ijtimoiylashuv ma’naviy-axloqiy tarbiya milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik faolligi