07.00.00 - Tarix fanlari
ROSSIYA IMPERIYASINING ICHKI GUBERNIYALARI VA TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI NOTARIAL IDORALARI FAOLIYATINING FARQLI JIHATLARI
Sh.B.Xolikulov
Nashr: №4
10.10.2026
Annotatsiya
Mazkur maqolada Rossiya imperiyasining ichki guberniyalari hamda Turkiston general-gubernatorligida notarial idoralar faoliyatining huquqiy, institutsional va amaliy jihatlari qiyosiy-tarixiy tahlil qilingan. Notariat institutining XIX asr ikkinchi yarmida shakllanishi, uning 1864-yilgi sud islohoti hamda 1866-yilgi «Notarial qism to‘g‘risidagi Nizom» asosida rivojlanishi yoritilgan. Shuningdek, Turkistonda notarial idoralarning joriy etilishi mahalliy shariat va odat huquqi, qozixonalar faoliyati hamda harbiy-ma’muriy boshqaruv tizimi bilan o‘zaro munosabatda tahlil qilingan.
Kalit so'zlar:
notariat
notarial idoralar
Turkiston general-gubernatorligi
sud islohoti
1866-yilgi Nizom
qiyosiy-tarixiy tahlil
huquqiy tizim
shariat huquqi
qozixona
hujjatshunoslik
arxiv
mulkiy munosabatlar
huquq tarixi