10.00.00 - Filologiya fanlari

ABDULLA ORIPOVNING ILK SHE’RLARIDA O‘LIM, NUR VA YO‘L OBRAZLARINING ESXATOLOGIK VA POETIK SEMANTIKASI

D.B.Xursanov
Nashr: №4
07.10.2026
545 marta o'qildi
0 ta yuklash

Annotatsiya

Ushbu maqolada Abdulla Oripov she’riyatida o‘lim, nur va yo‘l obrazlarining esxatologik semantik tizim sifatida namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi poetik ramzlarni alohida badiiy birliklar sifatida emas, balki lirik qahramonning psixologik holatini yoritib beruvchi umumiy badiiy vosita ekanligini ochib berishdan iborat. Tahlil natijasida o‘lim ramzi foniylik chegarasi, nur obrazi ruhiy uyg‘onish vositasi, yo‘l esa irfoniy safar konsepsiyasi sifatida talqin etiladi. Maqola poetik semantika, ramz nazariyasi va esxatologik tafakkur tadqiqotlari kesishmasida yozilgan bo‘lib, esxatologik she’riyatda ramzlar tizimini yagona nazariy konsepsiya sifatida tizimlashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi diniy-falsafiy ramzlar poetikasini o‘rganishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar:

Abdulla Oripov esxatologik ramz poetik semantika o‘lim motivi nur obrazi yo‘l obrazi foniylik boqiylik lirik qahramon arxetip ruhiy uyg‘onish