ISSIQXONA SHAROITIDA POMIDOR BO’YINING O’SISHIGA AZOT ME’YORLARINING TA’SIRI
Annotatsiya
Bugungi kunda pomidor oʻsimligi nafaqat Oʻzbekistonda balki butun dunyoda muhim sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli pomidorning 1000 dan ortiq navi boʻlib, ochiq maydon va issiqxonalarda yetishtirilmoqda. Pomidor ituzumdoshlar oilasiga mansub o’simlik.Vatani Janubiy Amerka, Ekvador va Peru. O’zbekistonda sabzavot ekinlari ichida pomidor eng ko’p ekiladi va jami sabzavot yetishtiriladigan maydonlarning 40% dan ortig’ini egallaydi. Mineral o‘g‘itlar sabzavot ekinlaridan, jumladan, pomidordan yuqori va barqaror hosil olishning muhim omillaridan biridir. Azot o‘g‘itlarini me’yorida va muvozanatli qo‘llash muhim. Issiqxonada pomidor yetishtirishda azot o‘g‘itlarini samarali qo‘llash o‘simlikning o‘sish jarayonlarini yaxshilaydi, bo‘y balandligini oshiradi va yuqori hosil olishga imkon yaratadi. Maqolada issiqxona sharoitida pomidor bo’yining balandligiga azotli o’g’it me’yorlarining ta’siri bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.