BO‘LAJAK SHIFOKORLARDA KLINIK QAROR QABUL QILISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI
Annotatsiya
Zamonaviy tibbiy ta’lim tizimida bo‘lajak shifokorlarning klinik qaror qabul qilish kompetensiyasini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammolardan biri hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash tizimining raqamli transformatsiyasi sharoitida tibbiyot mutaxassislaridan yuqori darajadagi klinik fikrlash, diagnostik tahlil qilish hamda tezkor va asoslangan klinik qaror qabul qilish qobiliyati talab etilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, tibbiy ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik raqamli texnologiyalarni joriy etish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi bo‘lajak shifokorlarda klinik qaror qabul qilish kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik raqamli texnologiyalarni ilmiy asoslash hamda ularni tibbiy ta’lim jarayoniga integratsiya qilish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma, diagnostik testlar va pedagogik eksperiment metodlaridan foydalanildi. Ta’lim jarayonida virtual bemorlar, klinik vaziyatlarga asoslangan raqamli keys-texnologiyalar, simulyatsion mashg‘ulotlar hamda sun’iy intellekt elementlariga asoslangan diagnostik modellar qo‘llanildi.