13.00.00 - Pedagogika fanlari

RAQAMLI TIBBIY TA’LIMDA TALABALARDA PROFILAKTIK IMMUN MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

D.B.Mirzakarimova
Nashr: №2
09.06.2026
240 marta o'qildi
182 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli tibbiy ta’lim sharoitida bo‘lajak shifokorlarda profilaktik immun madaniyatni rivojlantirishning zamonaviy texnologik mexanizmlari ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda yuqumli kasalliklar fanini o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalar – mobil ilovalar, QR-kodlar, AR/VR texnologiyalari, sun’iy intellekt asosidagi o‘quv modullari va simulyatsion treninglardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Profilaktik immun madaniyatning kognitiv, motivatsion, amaliy va reflektiv komponentlari aniqlanib, ularni rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Smart Immunity” modeli taklif etilgan. Tajriba-sinov natijalari raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalar bilimining mustahkamlanishiga, amaliy ko‘nikmalarining shakllanishiga hamda immunoprofilaktikaga nisbatan ongli munosabatning kuchayishiga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Maqola natijalari tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish va profilaktik yo‘naltirilgan kompetensiyalarni rivojlantirishda amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar:

raqamli tibbiy ta’lim profilaktik immun madaniyat yuqumli kasalliklar smart-profilaktika AR/VR texnologiyalar QR-kod sun’iy intellekt kompetensiyaviy yondashuv.