13.00.00 - Pedagogika fanlari

SIMULYATSION VA RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA JARROHLIK FANINI O‘QITISHDA AMALIY KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

A.A.Abduvoxidov
Nashr: №2
09.06.2026
251 marta o'qildi
202 ta yuklash

Annotatsiya

Tibbiy ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi bo‘lajak shifokorlarning amaliy kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa jarrohlik fanini o‘qitishda talabalar tomonidan klinik fikrlashni shakllantirish, diagnostik va taktik qaror qabul qilish hamda amaliy jarrohlik ko‘nikmalarini egallash samarali pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni talab etadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi simulyatsion va raqamli ta’lim muhitida jarrohlik fanini o‘qitish jarayonida talabalar amaliy kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyasini ishlab chiqish va uning samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida pedagogik tajriba-sinov ishlari, ilmiy adabiyotlar tahlili, modellashtirish, klinik vaziyatlar asosidagi o‘qitish (case-study), simulyatsion trening hamda statistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tajriba jarayonida talabalar nazorat va tajriba guruhlariga ajratilib, simulyatsion texnologiyalar, virtual klinik muhit, raqamli platformalar va interaktiv klinik vaziyatlardan foydalanilgan holda o‘qitish amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari simulyatsion va raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish talabalarda amaliy jarrohlik ko‘nikmalarini shakllantirish, klinik fikrlashni rivojlantirish hamda diagnostik qaror qabul qilish kompetensiyalarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Tajriba guruhi talabalari an’anaviy o‘qitish metodlari qo‘llanilgan nazorat guruhi talabalariga nisbatan yuqori natijalarga erishganligi aniqlandi.

Kalit so'zlar:

tibbiy ta’lim jarrohlik ta’limi simulyatsion ta’lim raqamli ta’lim muhiti amaliy kasbiy kompetensiya klinik fikrlash virtual bemor simulyatsiya texnologiyalari klinik qaror qabul qilish.