09.00.00 - Falsafa fanlari

RAQAMLI DEMOKRATIYA SHAROITIDA LEGITIMLIK VA FUQAROLIK FAOLLIGINING KONFIGURATSIYASI

U.X.Muminjonova
Nashr: №2
09.06.2026
263 marta o'qildi
203 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli demokratiya fenomeni ijtimoiy-falsafiy yondashuv asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda legitimlik tushunchasining transformatsiyasi, uning shakllanish mexanizmlaridagi o‘zgarishlar va fuqarolik faolligining sifat jihatdan yangi konfiguratsiyalari aniqlanadi. Muallif tomonidan asosiy e’tibor raqamli ishtirokning kengayishi demokratik tizim sifatining avtomatik oshishiga olib kelmasligi muammosiga qaratiladi. Tadqiqot jarayonida legitimlikning an’anaviy huquqiy-institutsional modeli bilan bir qatorda kommunikativ va algoritmik legitimlik shakllari konseptual jihatdan asoslanadi. Shuningdek, fuqarolik faolligining reaktiv hamda refleksiv shakllari ajratilib, ularning demokratik jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar:

Raqamli demokratiya legitimlik fuqarolik faolligi siyosiy subyektlik algoritmik vositalanish deliberativ yondashuv siyosiy madaniyat ijtimoiy transformatsiya.