13.00.00 - Pedagogika fanlari

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILINI O‘QITISHDA 4K MODELI ORQALI FIKRLASH VA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

O.Y.Gadayev , J.S.Norkulova
Nashr: №2
09.06.2026
248 marta o'qildi
227 ta yuklash

Annotatsiya

Maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini 4K modeli asosida tashkil etish masalasi yoritiladi. Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. 4K modelining asosiy komponentlari – tanqidiy fikrlash, kreativlik, kommunikativlik va hamkorlik ko‘nikmalarini ona tili darslari mazmuniga integratsiya qilish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy faolligini oshirish imkoniyatlari asoslanadi.

Kalit so'zlar:

4 “K” modeli (kritik fikrlash kreativ fikrlash kommunikativlik va kollaboratsiya) 4 “K” ko‘nikmalari (tanqidiy ijodkorlik muloqotchanlik hamkorlikda ishlash) innovatsion uslublar ta’limni tashkil qilish shakllari kompetensiyaviy yondashuv boshlang‘ich ta’lim metodikasi.