10.00.00 - Filiologiya fanlari

NAZAR ESHONQULNING “BEPOYON OSMON” HIKOYASIDA MUALLIF USLUBIGA LINGVOPOETIK JIHATDAN YONDASHUV

D.B.Safarova
Nashr: №2
09.06.2026
256 marta o'qildi
219 ta yuklash

Annotatsiya

Nazar Eshonqulning “Bepoyon osmon” hikoyasida muallif uslubiga lingvopoetik jihatdan yondashuv amalga oshiriladi. Asar bola nuqtayi nazaridan rivoya qilinishi, ayol (Oytoldi) obrazining bepushtlik fojeasi fonida ruhiy tahlil orqali ochilishi, dialog va ichki monologlarning polifonik tizimi, sintaktik kontrastlar hamda metaforik-ramziy qatlam asosiy tahlil obyekti sifatida qaraladi. Tadqiqotda leksik, sintaktik, kompozitsion va metaforik tahlil usullari qo‘llanib, “Bepoyon osmon” obrazi atrofida shakllangan ma’no qatlamlari, jamiyatdagi gender stereotiplari va axloqiy pozitsiyalar nutq darajasida qanday ifodalangani ko‘rsatib beriladi. Maqola xulosalariga ko‘ra, “Bepoyon osmon” hikoyasi Nazar Eshonqul nasriga xos ruhiy tahlil, ichki monolog, mifopoetik obrazlar va polifonik nutq tizimini mujassam etgan badiiy matn sifatida namoyon bo‘ladi.

Kalit so'zlar:

lingvopoetika muallif uslubi ayol obrazi bola hikoyachi ruhiy tahlil dialog va polifoniya metafora va ramz sintaktik kontrast gender stereotiplari zamonaviy o‘zbek nasri.