UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDA HR TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGLARNI BOSHQARISHNING SINGAPUR TAJRIBASI
Annotatsiya
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim tizimida zamonaviy HR texnologiyalarni qo‘llash va bu boradagi Singapur tajribasi tadqiq etilgan. Ta’lim muassasalarida inson resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish va samaradorlikni oshirish maqolaning dolzarbligini tashkil etadi. Tadqiqot metodologiyasi tizimli tahlil va Singapurning "Enhanced Performance Management System" (EPMS) kabi strategik HR vositalarini o‘rganishga asoslangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, HR texnologiyalar yordamida pedagoglarning kasbiy mahoratini monitoring qilish ta’lim sifatini sezilarli darajada oshiradi. Muallifning ilmiy va amaliy hissasi sifatida Singapurning HR strategiyalarini mahalliy maktablar boshqaruv tizimiga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan