03.00.00 - Biologiya fanlari

INTENSIV BOG’LARDAGI MEVALI DARAXTLAR VA BEGONA O‘TLAR NEMATODAFAUNASINING SOLISHTIRMA TAHLILI

Nurmatova D. M.
Nashr: №1
27.03.2026
232 marta o'qildi
209 ta yuklash

Annotatsiya

Mazkur maqolada intensiv bog‘ sharoitida olma, shaftoli va olcha daraxtlari hamda ularning orasida uchraydigan begona o‘simliklar nematodafaunasi solishtirma tahlil qilindi. Tadqiqotlar Samarqand viloyatining bir qator tumanlarida olib borilib, namunalardan nematodalar Bermanning voronkali usuli yordamida ajratib olindi. Aniqlangan turlar nematodalarning zamonaviy sistematikasi asosida tasniflandi. Natijalar mevali daraxtlar va begona o‘simliklar nematodafaunasi taksonomik jihatdan o‘xshash ekanligini, farqlar esa asosan avlodlar va trofik guruhlar, xususan bakteriotroflar hisobiga shakllanishini ko‘rsatdi. Jaccard va Sørensen–Dice indekslari hamda klaster tahlili faunalar o‘rtasida o‘rtacha va yuqori darajadagi o‘xshashlik mavjudligini tasdiqladi. Begona o‘simliklar nematodalar uchun muhim ekologik rezervuar sifatida baholandi.  

Kalit so'zlar:

Intensiv bog’ nematoda o’xshashlik begona o’tlar parazit