SAMARQAND VILOYATI SUV HAVZALARDA POTAMOGETON LUCENS L. NING BIOMASSA VA MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Samarqand viloyati hududida joylashgan turli tipdagi suv havzalarida keng tarqalgan dominant gidrofil o‘simlik — Potamogeton lucens L. ning biomassa va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari kompleks ravishda o‘rganildi. Tadqiqot ishlari viloyatning turli gidrologik va ekologik sharoitlarga ega bo‘lgan hududlarida, jumladan Tayloq tumani, Samarqand tumani (F. Qosimova aholi punkti), Oqdaryo suv ombori hamda Zarafshon davlat milliy tabiat bog‘i hududlarida amalga oshirildi. Ushbu hududlar suv bilan ta'minlanish darajasi, suv sathining barqarorligi, suv almashinuvi intensivligi va substrat tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Tadqiqot natijalari Potamogeton lucens ning biomassa va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari suv bilan ta'minlanish darajasi, suv havzalarining gidrologik rejimi hamda substrat namligiga bevosita bog‘liq ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari suv ekotizimlarida gidrofil o‘simliklarning mahsuldorligini ilmiy asosda baholash, ularning bioekologik holatini aniqlash hamda suv havzalarining ekologik monitoring tizimini takomillashtirishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.