03.00.00 - Biologiya fanlari
AYRIM DNK MARKERLARINING IN SILICO TAHLILI, NOMZOD GEN VA TRANSKRIPTLARNI IZLAB TOPISH
Rafiyeva F. U., Oripova B. B., Qudratova M. Q., Arslanova S. K., Kushanov F. N.
Nashr: №1
27.03.2026
230 marta o'qildi
193 ta yuklash
Annotatsiya
Maqolada bioinformatika usullari yordamida g‘o‘zaning (Gossypium hirsutum L.) avlodiga mansub namunalarda qimmatli xo‘jalik belgilariga javobgar nomzod genlarni identifikatsiya qilish natijalari keltirilgan. Tadqiqotda NCBI ma’lumotlar bazasi, UniPro Ugene, AUGUSTUS va BLAST dasturlaridan foydalanib, polimorf mikrosatellit markerlar atrofi (100 ming j.a.) virtual tahlil qilindi. Natijada tola sifati, sho‘rlanish stressiga chidamlilik bilan bog‘liq nomzod gen va oqsillar aniqlandi. Ushbu natijalar g‘o‘za seleksiyasida markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) samaradorligini oshirish va stressga chidamli navlar yaratish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar:
g‘o‘za
bioinformatika
SSR markerlar
in silico PZR
nomzod genlar
tola sifati
abiotik stress.