13.00.00 - Pedagogika fanlari

BAKALAVRIAT TA’LIM TIZIMIDA FIZIKA FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI RAQAMLI SIMULYATSIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

Baxtiyor Amonov, Farrux Umrzoqov
Nashr: №2
11.03.2026
278 marta o'qildi
213 ta yuklash

Annotatsiya

Zamonaviy ta’lim paradigmasida о‘qitish sifati va didaktik samaradorlikni yuksaltirish global miqyosdagi davlat siyosatining strategik ustuvor yо‘nalishiga aylandi. Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining kredit-modul tizimiga transformatsiyalashuvi о‘quv jarayonini tashkil etishda bir muammolar va metodik bо‘shliqlarni yuzaga keltirdi. Mazkur maqolada bakalavriat bosqichida fizika fanidan mustaqil ta’limni raqamli simulyatsiyalar vositasida tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari Samarqand davlat universitetining innovatsion tajribasi misolida tanqidiy tahlil qilinadi. Raqamli simulyatsiyalarni ta’limga integratsiya qilish talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, ularda eksperimental kompetensiyalarni shakllantirish va mustaqil izlanish faolligini rag‘batlantirishda yuqori kognitiv samaradorlikka ega.

Kalit so'zlar:

Didaktik transformatsiya eksperimental ko‘nikmalar fizika ta’limi metodikasi innovatsion pedagogika kognitiv faollik kompetensiyaviy yondashuv kredit-modul tizimi labview muhiti magnit maydoni mustaqil ta’lim raqamli simulyatsiya virtual laboratoriya.