03.00.00 - Biologiya fanlari

BAKTERIYAL ALGINAT BIOFORMULYATINING TRITICUM AESTIVUM L VA SOLANUM LYCOPERSICUM L BIOMETRIK HAMDA FITOPATOGENGA CHIDAMLILIK KO'RSATGICHLARIGA TA'SIRINI BAHOLASH

Xidirova O'.S, Feofanova N.A, Ismailov Z.F
Nashr: №4
22.12.2025
571 marta o'qildi
213 ta yuklash

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot bakteriyal alginat bioformulyatining qishloq xo‘jaligida keng yetishtiriladigan Triticum aestivum L. (bug‘doy) va Solanum lycopersicum L. (pomidor) o‘simliklarining biometrik ko‘rsatkichlari va fitopatogenlarga chidamliligiga ta’sirini baholashga qaratildi. Bioformulyat rizobakteriyalar asosida tayyorlangan alginat kapsulalari shaklida qo‘llanilib, o‘simliklarning ayrim morfo-biologik rivojlanish parametrlariga ta’siri hamda urug‘ unish fenologik bosqichida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari bioformulyat qo‘llanilgan variantlarda o‘simliklarning poya o‘sishi, ildiz tizimi rivojlanishi, nazoratga nisbatan sezilarli ijobiy farqlarni ko‘rsatdi. Shuningdek, bioformulyatning asosiy tuproq patogeni — Rhizoctonia solani ga nisbatan induktsiyalangan chidamlilikni shakllantirish samarasi o‘rganildi. Bioformulyat bilan ishlov berilgan o‘simliklarda ildiz chirishi simptomlarining rivojlanish darajasi sezilarli pasaygani, kasallanish indeksi esa nazoratga nisbatan ancha past bo‘lgani aniqlandi. Olingan natijalar bakteriyal alginat bioformulyati ekinlarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi va fitopatogenlarga qarshi barqarorligini oshiruvchi ekologik xavfsiz bioagent sifatida katta amaliy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi

Kalit so'zlar:

bakteriyal bioformulyat alginat Triticum aestivum L Solanum lycopersicum L Rhizoctonia solani o‘sish biometriyasi fitopatogenlarga chidamlilik rizobakteriyalar.