BOYSUN TOGʻ TIZMASI BIOTSENOZLARIDAGI KOʻP YILLIK OʻTLAR NEMATODAFAUNASINING TAKSONOMIK TARKIBI
Annotatsiya
Biotsenozlar faunasi oʻzining bioxilma-xilligi yuqoriligi hamda turli parazit turlar uchun tabiiy manba rolini oʻynab berishi jihatidan doimo oʻrganilishga muhtoj boʻlgan. Shunday boʻlsada respublikamizda togʻ biotsenozlari nematodafaunasi boʻyicha tadqiqotlarni yetarli deb boʻlmaydi. Mazkur tadqiqotlar 2023-2025-yillar davomida Hisor-Oloy tizmasining gʻarbiy qismi tarkibiga kiruvchi Boysuntogʻ tizmasida amalga oshirilgan. Tadqiqotlar davomida tabiiy biotsenozlarda nisbatan keng tarqalgan koʻp yillik oʻsimliklarning vegetativ a’zolari va rizosfera tuprogʻidan 72 turga mansub nematodalar aniqlandi. Aniqlangan turlar taksonomik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijasida oʻrganilgan hududda Tylenchida, Dorylaimida va Rhabditida turkumlari oʻz tarkibidagi turlari soni jihatidan boshqa turkumlarga nisbatan ustunlik qilishi ma’lum boʻldi