O'RTA ZARAFSHON TENEBRIOFAUNASINING (COLEOPTERA: TENEBRIONIDAE) EKOLOGO-FAUNISTIK TAHLILI
Annotatsiya
Qora tanli qoʻngʻizlar deyarli barcha biosenozlarning muhim tarkibiy qismi boʻlsada, Zarafshon vohasida ushbu hasharotlarni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqotlar yetarli emas. Tadqiqotlarda Oʻrta Zarafshon biosenozlari tenebriofaunasi 4 ta kenja oila, 17 ta triba, 36 ta avlodga mansub 84 ta turidan iboratligi aniqlangan. Dominant turlar Penthicus granulosus (dominantlik darajasi 15,35%), Pelorocnemis punctigera (5,62%), Dailognatha nasuta (5,29%) dan iborat. Shuningdek, miqdor jihatidan faunaning 34%i subdominant turlardan, 23%i kam sonli turlardan va 17%i juda kam sonli turlardan iborat. Ekologik xilma-xillik indekslarining qiymatlari faunaning turlarga boyligi yuqori, turlar taqsimlanishi tekisligini va dominant turlar hissining pastligini koʻrsatdi. 7 ta turning Respublika Qizil kitobiga kiritish zaruriyati mavjudligi ta’kidlangan