03.00.00 - Biologiya fanlari

KOSON TUMANI TUPROQLARIDAN AJRATILGAN ASPERGILLUS TURKUMI VAKILLARINING MORFOLOGIK VA KULTURAL XUSUSIYATLARI

Safarova H.Sh, Sherqulova J.P
Nashr: №4
22.12.2025
988 marta o'qildi
201 ta yuklash

Annotatsiya

Ushbu maqolada Koson tumani tuproqlaridan ajratilgan Aspergillus turkumiga mansub mikromitsetlarning morfologik va kultural xususiyatlari oʻrganildi. Tadqiqot jarayonida turli tipdagi tuproq namunalaridan mikromitsetlar tuproq suspenziya usuli orqali ajratib olindi va Czapek-Dox hamda Potato Dextrose Agar muhitlarida oʻstirildi. Olingan izolyatlar morfologik belgilariga koʻra aniqlanib, ularning asosiy vakillari A. niger, A. flavus, A. fumigatus, va A. Oryzae turlari ekanligi belgilandi. Kultural tahlillar natijasida koloniya ranglari, oʻsish tezligi, yuzasi va spora hosil boʻlish xususiyatlari turga xos farqlarni namoyon qildi. Ayniqsa, A. niger va A. flavus izolyatlari kuchli sporulyatsiya va yuqori oʻsish tezligi bilan ajralib turdi

Kalit so'zlar:

Aspergillus mikromitset tuproq morfologik belgilar kultural xususiyatlar konidiya Czapek-Dox Potato Dextrose Agar