03.00.00 - Biologiya fanlari

CRISPR-CAS TEXNOLOGIYASINING KARTOSHKA O‘SIMLIGINING RIZOBAKTERIYALARIDA QO‘LLANILISHI

Murodova S.S., Sobirova M.B., Rajabboeva X.T.
Nashr: №2
18.06.2025
245 marta o'qildi
203 ta yuklash

Annotatsiya

Kartoshka global oziq-ovqat xavfsizligida muhim o‘rin tutuvchi ekin hisoblanadi. Mazkur maqolada kartoshka o’simligi o’sishini tuproq mikrobiomini boyitish maqsadida rizobakterialar asosidagi Zamin M preparatini qo’llash orqali kartoshka hosildorligini oshirish va kelajakda CRISPR-Cas texnologiyasini qo’llash orqali kartoshka (Solanum tuberosum) o‘simligining hosildorligini yanada oshirish istiqbollari haqida yoritilgan. Maqolada “Zamin-M” biopreparati ta’sirida kartoshkaning nazoratdagiga nisbatan poya uzunligi Aqrab navida 7 sm, To‘yimli navida 9 smga ortganligi, gullash davri kun hisobida Aqrab navida o‘rtacha 2 %ga, To‘yimli navida 1-2 %ga qisqarganligi, tugunaklarning o‘rta vazni Aqrab navida 77 gr, To‘yimli navida 83 gr ni tashkil etib, nazoratga nisbatan mos ravishda 12 va 8 gramm yuqori bo‘lganligi qayd etilgan. Vegetasiya davri davomiyligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida misolida ko’rilganda, tadqiqot o‘tkazilgan navlarda biopreparat ta’sirida vegetasiya davrining Aqrab navida 6 kunga, To‘yimli navida 5 kunga qisqarganligi qayd etilgan. Tajribalar natijasida hosildorlik ko’rsatkichi Aqrab navida nazorat variantlariga nisbatan 1,2 t/ga (6 %), To‘yimli navida esa Zamin-M” biopreparati bilan ishlov berilganda nazoratga nisbatan qariyb, 3,1 t/ga (16 % ga) ortiq bo‘lganligi qayd etilgan.  Lekin bu bipreparatni tashkil etuvchilarini qurg’oqchilikka chidamliligini oshirish maqsadida CRISPR-Cas texnologiyasini qo’llash samarali bo’ishi mumkinligi adabioyatlar asosida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar:

CRISPR CAS9 rizobakteriya kartoshka (Solanum tuberosum) istiqbolli shtamm Pseudomonas stutzeri SKB-308 B.subtilis SKB- 309 B.megaterium SKB-310 shtammlari nukleotidlar ketma-ketligi.