03.00.00 - Biologiya fanlari

FIСUS ELASTICA NI MIKROKLONAL KO‘PAYTIRISHNING OPTIMAL SHAROITLARI

Zokirjonova H., Nurniyazov A.,Xasanov N.
Nashr: №2
18.06.2025
277 marta o'qildi
218 ta yuklash

Annotatsiya

Hozirgi kunda manzarali xona oʻsimlilarini koʻpaytirishning zamonaviy va istiqbolli usullaridan biri in vitro sharoitida mikroklonal koʻpaytirishdir. Tadqiqot maqsadimiz shunday manzarali va dorivor xona oʻsimliklardan biri hisoblangan Ficus elastica  Roxb. Ex Hornem. ni mikroklonal koʻpaytirish orqali qisqa muddatda koʻplab patogenlarsiz oʻsimlik koʻchatlarini yetishtirishdan iborat. Eksplantlarni oʻstirish uchun Murashige va Skoog 0,7% agarli ozuqa muhitida makro va mikroelement tuzlari, tiamin va pridoksin vitaminlari 1 mg/l, askorbin kislotasi 5 mg/l, saxaroza 30 g/l miqdoridagi ozuqa muhitida BAP 2 mg/l ta’sirida yetishtirilgan eksplantlar maksimal 17 tagacha kurtaklar hosil qildi va kurtaklar uzunligi 1,4 cm ga yetganligi aniqlandi. Tadqiqot ishini amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilab olindi: a) eksplantlarni optimal sterilizatsiya tartibini aniqlash; b) tuplatish uchun 6-benzilaminopurin (BAP) ning optimal nisbatlarini belgilash; c) ildizlatish uchun 1,5 mg/l indol-3-sirka kislotasi (IBK) ning optimal nisbatlarini aniqlash. Tanlab olingan optimal ozuqa muhiti F.elastica ni mikroklonal koʻpaytirish uchun qoʻllanildi.

Kalit so'zlar:

Ficus elastica in vitro Murashige va Skoog sterilizatsiya mikroklonlash 6-benzilaminopurin (BAP) indol-3-sirka kislota (IBK).