03.00.00 - Biologiya fanlari

TOG‘ RAYHONI (ORIGANUM TYTTHANTHUM) NING NEMATODAFAUNASI TARKIBI VA BIOTOPLAR BO’YICHA TARQALISH XUSUSIYATLARI

Tursunova Sh.Sh., Mavlonov O.,Hakimov N.X.
Nashr: №2
18.06.2025
237 marta o'qildi
201 ta yuklash

Annotatsiya

2023-2024-yillar davomida Turkiston togʻ tizmasining Oʻzbekistonga qarashli qismida Tog‘ rayhoni (Origanum tytthanthum) ning nematodafaunasini  oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar natijasida 31 turdan iborat nematodalar aniqlanib, ularning taksonomik tahlili amalga oshirildi. Shuningdek, qayd etilgan turlarni oʻsimlikning vegetativ a’zolari va rizosfera tuprog’i qatlamlarida uchrash darajasi ham tahlil qilindi. Nematodafauna tarkibida turkumlar doirasida Rhabditida va Tylenchida, turlar darajasida esa Cephalobus persegnis, Heterocephalobus elongatus, Acrobeloides emarginatus, Chiloplacus symmetricus, Aphelenchus avenae, Ditylenchus destructor, Ditylenchus dipsaci va Paratylenchus pratensis turlari keng tarqalganligi ma’lum boʻldi

Kalit so'zlar:

Tog‘ rayhoni Origanum tytthanthum Turkiston tog’ tizmasi biotoplar nematoda.