BOG‘ QATOR ORALARIGA PUSHTA OLUVCHI QURILMA KONSTRUKSIYASI VA UNING TEXNOLOGIK AFZALIKLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada bog‘ qatori oralariga pushta oluvchi maxsus qurilmaning konstruktiv sxemasi, uning asosiy vazifalari va agrotexnik hamda texnologik afzalliklari keng va atroflicha tahlil qilingan. Qurilma mevazorlarda zamonaviy va samarali dehqonchilik usullarini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning asosiy vazifalari suv resurslarini tejash, tuproqning tabiiy namligini uzoq muddat saqlash, urug‘ ekish uchun qulay va yumshoq muhit yaratish, shu bilan birga begona oʻtlarning oʻsishiga chek qoʻyish hisoblanadi. Maqolada qurilmaning tarkibiy qismlari, ularning vazifalari, ishlash tamoyili va mexanizmiga alohida e’tibor qaratilgan. Qurilma konstruksiyasida zamonaviy agrotexnik talablar va qishloq xoʻjaligi mashinalariga qoʻyilgan standartlarga rioya etilgan. Shuningdek, u yer sharoiti va bog‘lar tuzilishiga mos ravishda ishlab chiqilgan boʻlib, ish jarayonida mehnat unumdorligini oshirish va resurslarni tejashga yordam beradi. Tadqiqot natijalari qurilmaning amaliyotda samarali foydalanilishi mumkinligini koʻrsatadi va uning keng joriy etilishi bog‘dorlik sohasida yuqori natijalarga erishish imkonini yaratadi.