02.00.00 - Kimyo fanlari
POLIMER GELLARDA REAGENTSIZ USULDA ELEKTROLITLAR ARALASHMALARINI AJRATISH
Trobov X.T., Atavullayeva Sh.Sh., Karimov X.R., Tursunova G.X., Jurayeva R.A.
Nashr: №1
21.02.2023
Annotatsiya
Ionit tuzilishining geterofazaviy modeli asosida yaratilgan aralashmalarni ajratishning ionit-ekstraksion usulidan foydalanib qutbiy guruhlari dissotsilanadigan kuchli asosli anionitlar ARA-4P, ARA-12P, AV-17x8 va kuchli kislotali kationit KU-2x8 hamda qutbiy guruhlari dissotsilanmaydigan PVS kabi polimer gellar yordamida quyimolekulyarelektrolitlarning binar aralashmalari ajratilgan. Ajratish jarayonining samaradorligiga ionitlarning tabiati, ularning selektivligi, tarkibidagi funksional guruhlari, ko‘ndalang bog‘lar miqdori, shuningdek, aralashmalardagi moddalarning konsentratsiyasi va tabiati, ion zaryadlari kabi xususiyatlarining ta’siri ko‘rsatilgan.
Kalit so'zlar:
ionitlar
faza
sorbsiya
desorbsiya
aralashmalar
modda miqdori
konsentratsiya
kolonka.