11.00.00 - Geografiya fanlari

Geokriminogen vaziyat va uni tadqiq etishdagi yondashuvlar

Komilova Nilufar Karshibayevna, Maxmudov Bahodirjon Xakimjon oʻgʻli
Nashr: №1
18.02.2023
1140 marta o'qildi
928 ta yuklash
9 bet

Annotatsiya

Ushbu maqolada jinoyatchilik geografiyasining tarkibiy qismi bo’lgan geokriminogen vaziyat tushunchasi va uni ilmiy adabiyotlarga qo’llanishi, uning asosiy yo’nalishlari hamda hududlarni geokriminogen vaziyatiga qarab zonalarga ajratishda jahon tajribasi tahlil qilingan. Hududlarni geokriminogen zonalarga ajratishda qanday jihatlarga e’tibor berish to’g’risida olimlarning olib borgan tadqiqotlari o’rganilib, muallifning takliflari ham keltirilib o’tilgan. Jinoyatlikka qarshi kurashda, huquqni muhofaza qilishchi organlarni to’g’ri joylashtirish va tashkillashtirishda hududlarni ma’lum geokriminogen zonalarga ajratib o’rganish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar:

geokriminogen vaziyat jinoyatchilik sabablari shart-sharoitlari omillari geokriminogen rayon geokriminogen zona